Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp va Makron Suriyadagi kimyoviy hujum bo‘yicha ma'lumotlar almashdi
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va AQSh yetakchisi Donald Tramp o‘zaro telefon muloqoti davomida Suriyaning Dumasida kimyoviy qurol qo‘llanganini tasdiqlovchi ma'lumotlarni almashdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Prezident Emmanuel Makron AQSh prezidenti bilan Suriyadagi vaziyatni muhokama qildi. Fransiya Respublikasi prezidenti Sharqiy G‘utadagi Dumada oddiy aholi vakillariga qarshi yuz bergan kimyoviy hujumlarni qat'iy qoraladi. Respublika prezidenti va AQSh yetakchisi kimyoviy qurol qo‘llanilganini tasdiqlovchi ma'lumot va tahlil natijalarini almashdi», - deyiladi Yelisey saroyi tomonidan tarqatilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z tvitterida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Eron rahbariyatini Suriyada Bashar Asad rejimini qo‘llab-quvvatlashda ayblagandi.