21:55 / 10.04.2018
11999

O‘zbekistonlik qorilar Quvaytdagi xalqaro Qur'on musobaqasiga yo‘l olishdi

Foto: Azon.uz

9 aprel kuni o‘zbekistonlik qorilar Kuvaytda o‘tkaziladigan 9-xalqaro Qur'on musobaqasida ishtirok etish uchun Toshkent aeroportidan jo‘nab ketishdi. Bu haqda Azon.uz xabar bergan.

O‘zbekistonlik ikki vakil Kuvaytda o‘tkaziladigan Qur'on musobaqasida hifz (30 pora bo‘yicha) va tilovat yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etadi. Hifz yo‘nalishi bo‘yicha 2017 yilda O‘zbekistonda o‘tkazilgan Qur'on musobaqasining oliy o‘rin sohibi, Toshkent Islom instituti talabasi Abdulaziz qori Rahmonberdi, tilovat yo‘nalishidan «Hazrati Imom» masjidi noib imomi Ismoil qori Qurbonov O‘zbekiston sha'nini himoya qiladi.

Foto: Azon.uz

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kuvaytning Adliya va din ishlari vaziri Doktor Fahad Afasi joriy yilgi musobaqadan ko‘proq odam manfaat ko‘rsin, degan maqsadda xorij davlatlardan imkon qadar Qur'onni yod olgan ko‘p vakil ishtirok etishini ta'minlashga harakat qilinayotgani haqida aytib o‘tgan edi.

Top