Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Volkswagen rahbari iste'foga chiqishi ma'lum qilindi
Dunyodagi eng yirik avtomobilsozlik kompaniyalaridan biri Volkswagen’ning boshqaruv raisi Mattias Myuller o‘z lavozimini tark etmoqda. Bu haqda kompaniyadagi manbalarga iqtibos keltirgan holda Handelsblatt nashri xabar berdi. Ma'lumotlarga ko‘ra, uning lavozimini kompaniyaning top-menejyerlaridan biri, 2016 yilda “dizelgeyt” jinoiy ishi bo‘yicha o‘tgan Xerbert Diss egallaydi.
“Dizelgeyt” deb nom olgan mojaro ortida 2015 yil sentabrda kompaniyaning boshqaruv raisi Martin Vinterkorn iste'foga ketgandi. Aynan uning o‘rnini Mattias Myuller egallagandi.
Keyinroq “dizelgeyt” Volkswagen’ga 25 mlrd dollarga tushgani hisoblab chiqilgan.
Mavzuga oid
08:45 / 28.05.2026
O‘zbekistonda yana bir yirik avtomobil brendi ishlab chiqarishni boshlashi kutilmoqda
18:09 / 19.05.2026
Toshkentda Volkswagen avtomobillari ishlab chiqarilishi mumkin
00:22 / 15.12.2025
Volkswagen o‘z tarixida ilk bor Germaniyadagi zavodini yopadi
09:13 / 31.10.2025