Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Armaniston YeI bilan hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qildi
Armaniston parlamenti YeI bilan keng ko‘lamli va kengaytirilgan hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni bir ovozdan ratifikatsiya qildi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Aniqlik kiritilishicha, qaror 95 nafar deputat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.
«Hujjat ikki tomonlama siyosiy, iqtisodiy, savdo munosabatlarini tartibga soladi. Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiya bilan kurashishga qaratilgan, energetika, transport, atrof-muhitni muhofaza qilish, deyarli barcha sohalardagi hamkorlik umumiy prinsiplari va dasturlarni nazarda tutadi», - deya tushuntirib o‘tgan Armaniston TIV rahbari o‘rinbosari Karen Nazaryan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shuningdek Armaniston qonunchiligining YeI huquqiy bandlari bilan bir xilda bo‘lishi, turli sohalarda parlament nazorati kuchaytirilishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
09:45 / 15.06.2026
Armaniston sobiq prezidentiga mamlakatdan chiqish taqiqlandi
15:04 / 13.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Nikol Pashinyanni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi
10:45 / 13.06.2026