Jahon | 08:30 / 11.04.2018
8966
1 daqiqa o‘qiladi

Xabarovskdagi ko‘chaga vertolyot quladi, olti kishi halok bo‘ldi

Foto: Vladimir Astapkovich/RIA «Novosti»

Mi-8 vertolyotining Xabarovskdagi Antennaya – Xirurgicheskaya ko‘chalarida o‘rtasidagi bo‘sh joyga qattiq qo‘nishi vaqtida olti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda RIA «Novosti» Xabarovsk o‘lkasi falokatli vaziyatlar tibbiyoti markazi bosh shifokori o‘rinbosari Pavel Kurnyavkiga asosan xabar qilmoqda.

«Mening ma'lumotlarimga ko‘ra, olti kishi halok bo‘lgan», - deya aytib o‘tdi Kurnyavka.

Bortda bo‘lgan barcha odamlar halok bo‘lgan.

Qayd etilishicha, vertolyotning qulashi oqibatida bino va inshootlarga ziyon yetmagan. Voqea joyida favqulodda xizmatlar va FVVning mintaqa bo‘yicha boshqarmasi tezkor guruhi ish olib bormoqda.

Vertolyotning qulashi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid