Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MTMga farzandlarini joylashtirish niyatida bo‘lgan fuqarodan pora talab qilgan mudira qo‘lga olindi
Buxoro shahrida yashovchi fuqaro Buxoro shahridagi 81-sonli maktabgacha ta'lim muassasasiga borib, ushbu muassasa mudirasi Sh.A.ga o‘zining 2 nafar farzandini ushbu maktabgacha ta'lim muassasasiga joylashtirish maqsadida murojaat qiladi, deb xabar bermoqda Buxoro IIB.
Ularni joylashtirish orqali mo‘maygina daromad orttirishi mumkinligini ko‘zlagan mudira esa, farzandlarini joylashtirish niyatida bo‘lgan fuqarodan 600 ming so‘m pul talab qilib, agarda shu pullarni bersagina farzandlarini joylashtirishi mumkinligini aytadi.
O‘z haq-huquqlarini to‘g‘ri anglagan fuqaro mudiraning ushbu harakatlariga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘rab Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i nomiga ariza orqali murojaat qilishga majbur bo‘ladi.
Ushbu ariza yuzasidan Buxoro viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-tadbirlar davomida, 1964 yilda Buxoro shaharda tug‘ilgan, Buxoro shahrida joylashgan 81-sonli maktabgacha ta'lim muassasasining mudirasi, Kogon tumani, Nurafshon ko‘chasida yashovchi Sh.A. o‘zining xizmat xonasida ariza muallifidan 600.000 ming so‘m miqdoridagi pullarni pora sifatida olayotgan vaqtida daliliy ashyo bilan qo‘lga olinadi.
Mazkur holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar SVOJJDLQK Departamentining Buxoro viloyat bo‘limiga qonuniy qaror qabul qilinishi uchun yuborildi.
Mavzuga oid
22:21 / 09.12.2025
Xitoy moliya kompaniyasining sobiq rahbari poraxo‘rlik uchun qatl etildi
13:37 / 18.05.2025
Ichki ishlarning ikki xodimi katta miqdorda pora bilan ushlandi
12:36 / 26.03.2025
Toshkent shahar FVB boshlig‘i o‘rinbosari qamoqqa olindi
19:45 / 05.11.2024