Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ozarboyjon prezidenti saylovlarida Ilhom Aliyev yetakchilik qilmoqda
Foto: RIA Novosti / Zaman Ramazanov
Ozarboyjonning amaldagi prezidenti Ilhom Aliyev muddatdan tashqari prezident saylovlarida yetakchilik qilmoqda. Bundan ELS mustaqil tadqiqot markazi tomonidan o‘tkazilgan ekzit-poll natijalari darak bermoqda.
Unga ko‘ra, Aliyevga 82,71 foiz saylovchilar ovoz bergan.
11 aprelda Ozarboyjonda muddatdan tashqari prezident saylovlari bo‘lib o‘tdi. Oliy davlat lavozimiga 8 nomzod da'vogarlik qildi. Saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan soat 08.00da ochilib, soat 19.00ga qadar ishlagan.
Ilhom Aliyev Ozarboyjonni 2003 yildan beri boshqarib keladi. 3 marta (2003, 2008 va 2013 yillar) prezident saylovlarida g‘olib bo‘lgan.
Mavzuga oid
10:19 / 22.04.2026
Markaziy Osiyo va Ozarboyjon yetakchi ayollari ustuvor vazifalarni muhokama qildi
19:20 / 15.04.2026
Rossiya va Ozarboyjon AZAL samolyoti halokati oqibatlari «hal etilganini» e’lon qildi
14:18 / 19.03.2026
Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev strategik sheriklikni muhokama qildi
19:05 / 14.03.2026