Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘z mahalladoshining uyiga o‘g‘irlikka tushgan ota-bola ushlandi
Har bir inson mahallada yashar ekan, u shu mahalla uchun jon kuydirishi, obodligi uchun harakat qilishi kerak. Lekin ayrim shaxslarning foydasi tegishi o‘rniga, zarar yetkazishni ko‘zlaydi, yomon illatning ildiz otishiga sharoit yaratadi. Bunday qilmish ota-bola tomonidan birgalashib sodir etilishi esa yanada ayanchli holdir.
Samarqand viloyat IIB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2018 yil 5 aprel kuni Payariq tumani IIBga "Qizilolma" mahallasida yashovchi 1978 yilda tug‘ilgan O.X. ariza bilan murojaat qilib, unda 2018 yil 4 aprel kuni soat 7.00larda yashash hovlisidagi molxonasidan 3 500 000 so‘mlik bir bosh ho‘kizining noma'lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlanganligi haqida xabar bergan.
IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor ishlar natijasida, ushbu jinoyatni shu mahallada yashovchi B.A. va uning o‘g‘li B.X. sodir etganligi aniqlangan.
Hozirda Payariq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:37 / 07.07.2026
Toshkentda onlayn qimor uchun mashina o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi
18:20 / 06.07.2026
Samarqand Markaziy Osiyoning «yashil shahar» namunasiga aylantiriladi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
15:39 / 03.07.2026