Jahon | 07:36 / 12.04.2018
5285
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya 2 yillik to‘xtashdan keyin Misrga parvozlarni tikladi

Foto: Anton Novoderejkin/TASS

Rossiyaning “Aeroflot” aviakompaniyasi samolyoti Sheremetevo aeroportidan 2 yillik to‘xtashdan keyin Moskva-Qohira muntazam reysi bo‘yicha ilk parvozga yo‘l oldi. Bundan Flightradar24 portali ma'lumotlari darak bermoqda.

Samolyot Qohiradan soat 01:50da jo‘nab, Moskva vaqti bilan soat 06:50da Sheremetevoga kelib qo‘nishi kerak. Bundan avvalroq kompaniya reysga 120 taga yaqin chipta bronlangani haqida ma'lum qilgandi.  

Moskvadan Qohiraga parvozlar soni haftasiga 3 tani tashkil qiladi va dushanba, chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi. Ortga reyslar seshanba, payshanba va yakshanba kunlari bajariladi. 12 iyundan 2 iyulgacha Qohiraga parvozlar Rossiyada futbol bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazilishi vaqtida har kuni amalga oshiriladi.

Moskva va Qohira 2017 yil dekabrida 2015 yil noyabrda “Kogalimavia” kompaniyasining Sharm-al-Shayx-Sankt-Peterburg reysini bajarayotgan Airbus A321 samolyotida terakt sodir etilgandan keyin to‘xtatilgan aviaaloqani tiklash haqida kelishib olgandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid