23:38 / 12.04.2018
38357

Zokirjon Almatov Surxondaryoda jinoyatchilikka qarshi kurash masalasini o‘rganmoqda

Joriy yilning 10-11 aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirining maslahatchisi general-polkovnik Zokirjon Almatov rahbarligidagi ishchi guruh Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB matbuot xizmati Kun.uz'ga xabar bermoqda.

Foto: Surxondaryo viloyati IIB matbuot xizmati

Termiz shahridagi “Yoshlar markazi” hamda Denov tumani hokimligining majlislar zalida Termiz shahar, Termiz, Angor, Jarqo‘rg‘on, Muzrabot, Sherobod, Qiziriq, Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sho‘rchi, Denov, Oltinsoy, Sariosiyo va Uzun tumanlari IIB xodimlari, ushbu tumanlar hokimining Xotin qizlar va yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, Yoshlar ittifoqi kengashlari raislari, bosh imom xatiblar hamda boshqa jamoatchilik instituti vakillari bilan jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklarni profilaktikasi fuqarolarning huquq va erkinliklarini hamda osoyishtaliklarini ta'minlash, yoshlarni turli yot g‘oyalardan saqlash borasida uzviy hamkorlikni yanada mustahkamlash borasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri maslahatchisi general-polkovnik Zokirjon Almatov, Surxondaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov, viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Sh.Satvoldiyev kun tartibida ko‘rilayotgan masala yuzasidan o‘zining fikr va mulohazalarini bildirdi.

Foto: Surxondaryo viloyati IIB matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan olib borilayotgan islohotlar davomida ya'ni 2017 yil va 2018 yilning hozirgi kuniga qadar Ichki ishlar organlari bilan bog‘liq 40 dan oshiq Farmon va qarorlar qabul qilinganligini, bularning barchasidan ko‘zlangan maqsad va qo‘yilayotgan talablar jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, jamoatchilik vakillari, yoshlar ittifoqi vakillari va imom xatiblar bilan hamkorlikda ishlarni tashkillashtirish, o‘sib kelayotgan yoshlarni yot g‘oyalardan asrash va ularni har-xil oqimlarga kirib qolishlarini oldini olish va giyohvandlikka aralashib qolishidan asrash bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biri ekanligi ta'kidlandi.

Almatov rahbarligidagi ishchi guruh Termiz shahridagi 1-sonli shahar ichki ishlar bo‘linmasi, Denov hamda Sariosiyo tumanlarining tayanch punktlarida ichki ishlar organlari xodimlari huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishda samarali faoliyat olib borishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

Top