Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyning yangi aeroballistik raketasi AQSh hududiga yetib borishi mumkin – OAV
Xitoy raketa qo‘shinlari yangi aeroballistik raketa sinovini o‘tkazdi, u Rossiyaning «Kinjal» raketasiga juda o‘xshashdir. Bu haqda The Diplomat AQSh hukumatidagi manbaga asosan xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, CH-AS-X-13 raketasi birinchi marta 2016 yilning dekabrida sinovdan o‘tkazilgan. 2018 yil boshida ro‘y bergan so‘nggi sinovlar davomida raketa SSSRda ishlab chiqarilgan Tu-16 bombardimonchisidan uchirilgan, uning jangovar radiusi taxminan 6 ming kilometrga teng. Bu raketa AQSh hududiga ham yetib bora olishi mumkinligidan dalolat beradi.
Amerika tomoniga ko‘ra, bunday raketalar 2025 yilga kelib butunlay shay holatga keladi. Nashrning ta'kidlashicha, Rossiya ham shunday raketalarga ega.
Mavzuga oid
20:57 / 02.07.2026
Pekindagi osmono‘par binoga urilgan samolyot uchuvchisi ruhiy kasal bo‘lgani aytildi
18:30 / 02.07.2026
AQSh 50 yillik taqiqdan so‘ng tovushdan tez uchuvchi samolyotlar parvoziga ruxsat beradi
08:36 / 02.07.2026
Rossiyaning dron va raketa hujumlari iyun oyida qisqardi
19:37 / 01.07.2026