Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp raketalar haqida ijtimoiy tarmoq orqali xabar berganidan hayratga tushdik – Rossiya TIV
Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning aytishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp «aqlli» raketalar haqida xabar berish uchun ijtimoiy tarmoqdan foydalanganidan hayratga tushgan. Bu haqda RIA «Novosti» ma'lum qilmoqda.
«Men shunday kuchli xabar ijtimoiy tarmoqlar orqali yuborilganidan hayratga tushdim, sababi bu aynan sherikka telefon qo‘ng‘irog‘ini amalga oshiradigan payt edi», - deya ma'lum qilgan u.
Zaxarovaning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaga Suriyadagi harakatlari uchun minnatdorlik emas, balki «hamkorlik» kerak.
«Biz uch yil avval taklif bilan chiqqandik, biroq hech narsa o‘zgarmadi, biz Suriya bo‘yicha haqiqatdan ham qalinroq hamkorlik qilishni xohlaymiz, bizga bu haqiqatdan ham kerak. Biz ushbu barcha muammolarni kuch bilan emas, balki telefon qo‘ng‘irog‘i orqali hal qila olamiz», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Zaxarova.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Suriyada bajarilgan ish uchun minnatdorlik yo‘qligidan hayratga tushgandi.
Mavzuga oid
21:33 / 02.07.2026
Xalqaro Buker mukofoti nomi rossiyalik milliarder sharafiga o‘zgartiriladi
17:41 / 02.07.2026
Qirg‘iziston Rossiyaning benzin eksportini taqiqlashi ortidan O‘zbekistondan yoqilg‘i so‘radi
11:55 / 02.07.2026
O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarida Rossiyaning ulushi pasayishda davom etmoqda
11:21 / 02.07.2026