Jamiyat | 15:51 / 14.04.2018
8175
1 daqiqa o‘qiladi

Institutga o‘qishga kiritib qo‘yishni va'da qilib, 7 ming dollarga «uxlatgan» shaxs ushlandi

Illyustrativ foto

Jizzax shahrida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 13 aprel kuni IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2017 yil sentabr oyida Ko‘tarma mahallasida yashovchi,  1985 y.t. R.A. Navoiy viloyati Karmana tumanida yashovchi, 1968 y.t. O.J.ga qizini Jizzax Davlat Pedagogika institutiga o‘qishga kiritib qo‘yishini aytib, aldash yo‘li bilan ishonchiga kirib, 7.000 AQSh dollarini olib bergan va'dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi ma'lum bo‘lgan.  

R.A. ushlangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid