O‘zbekiston | 19:54 / 14.04.2018
8737
2 daqiqa o‘qiladi

Maktabgacha ta'lim sohasida Janubiy Koreya bilan hamkorlik qilinadi

Maktabgacha ta'lim vaziri Agrepina Shin Janubiy Koreyaning «WoojintuplanCo.,Ltd» kompaniyasi rahbari Kim Jinvun bilan uchrashdi.

Tomonlar O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirish yo‘llari, bu sohada islohotlarni amalga oshirish istiqbollari va hamkorlik qilish imkoniyatlarini muhokama qilishdi.

Foto: Maktabgacha ta'lim vazirligi axborot xizmati

«WoojintuplanCo.,Ltd» kompaniyasi o‘z media-markaziga ega bo‘lib, 4-7 yoshli bolalar uchun ingliz tili, matematika va qiziqarli tarix bo‘yicha audio va video ta'lim dasturlarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra, Maktabgacha ta'lim vazirligi va «WoojintuplanCo.,Ltd» kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro hamfikrlik memorandumi imzolandi. Koreyaliklar maktabgacha yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallangan audio va videomateriallarni ishlab chiqishda vazirlikka yordam beradigan bo‘lishdi.

Foto: Maktabgacha ta'lim vazirligi axborot xizmati

Endi Maktabgacha ta'lim vaziri Agrepina Shin Janubiy Koreyaga tashrif buyurib, «WoojintuplanCo.,Ltd» kompaniyasi media-markazi faoliyati bilan tanishadi.

Maktabgacha ta'lim vazirligi axborot xizmati

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid