Jahon | 10:24 / 14.04.2018
23487
2 daqiqa o‘qiladi

Mettis AQShning Suriyaga zarba berishdan maqsadi nima ekanini aytdi

Foto: AFP

AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiyaning Suriyaga zarbalari kimyoviy qurolni ishlab chiqarish bo‘yicha korxonalarga qarshi qaratilgan. Bu haqda AQSh mudofaa vaziri Jyeyms Mettis xabar berdi.

AQSh prezidenti Donald Tramp 14 aprel kuni Suriyaga nisbatan raketa hujumi boshlanganini bildirdi. AQSh va uning ittifoqchilari Suriyada kimyoviy qurol ishlatilishiga javoban Asad hukumatiga qarshi harbiy amaliyot o‘tkazmoqda.

"Prezident Donald Tramp ittifoqchilarimiz bilan birga kimyoviy qurolni ishlab chiqarish bo‘yicha korxonalarni yo‘q qilishga buyruq berdi... Biz shunday obektlarga zarbalar berdik", - deya ma'lum qilgan Mettis brifingda.

"O‘tgan yili Asad rejimi signalni qabul qilmadi. Bu safar ittifoqchilarimiz bilan kuchliroq zarba berdik. Biz Asad va unga hamrohlik qilayotgan qotillarga signal yubordik, ular bundan keyin bitta ham kimyoviy hujumni amalga oshirishi kerak emas, uning uchun javobgar bo‘ladilar", - deya aytib o‘tdi vazir.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bu obektlarga “yuqori aniqlikdagi zarbalar” berilmoqda, bundan maqsad – tinch aholi vakillari orasida qurbonlarga yo‘l qo‘ymaslik.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid