Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda joriy yilda konditsioner bilan jihozlangan 80ta avtobus paydo bo‘ladi
2018 yilda Toshkent avtobus parki 80ta katta sig‘imga ega MAN A22 CNG past polli avtobusni qabul qilib oladi. Bu haqda JV MAN Auto-Uzbekistan’ning Facebook’dagi sahifasida xabar berilgan.
Qayd etilishicha, siqilgan tabiiy gaz (STG)da ishlovchi bu avtobuslar Samarqanddagi «JV MAN Auto-Uzbekistan» qo‘shma korxonasida yig‘ilgan. Endi MAN A22 CNG avtobuslari konditsioner bilan ham ta'minlanadi.
Eslatib o‘tamiz, STGda ishlovchi avtobuslarning afzalliklari ular ishlaganda zararli moddalar xuddi shunday dizelli modellarga nisbatan ancha kam miqdorda ajralishida namoyon bo‘ladi.
Yangi STG-texnologiyalarning qo‘llanilishi an'anaviy yoqilg‘ida ishlovchi avtobuslarga qaraganda, yoqilg‘ini 30-35 foizga kamaytirish imkonini beradi.
Shuningdek, STGda yuruvchi avtobuslar ancha kam shovqinli sanaladi, bu shahar ekologiyasiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.
Mavzuga oid
12:11
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi bo‘lib o‘tadi
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026