Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston va Pokiston chegarasida harbiylar o‘rtasida otishma sodir bo‘ldi
Afg‘oniston va Pokiston harbiylari o‘rtasida chegarada qurolli ixtilof sodir bo‘ldi. Bu haqda Afg‘onistonning Xo‘st viloyati rahbariyatiga iqtibos keltirgan holda 1TV telekanali xabar berdi.
Otishma Pokistonning Afg‘oniston bilan chegarasidagi Dyuranda chizig‘ida 15 aprel soat 8.00da pokistonlik harbiylar afg‘on chegarachilarining Xo‘st viloyatidagi Zazay-Maydon aholi punktidagi nazorat-o‘tkazish punktini egallab olmoqchi bo‘lganlari vaqtida yuz bergan.
Otishma oqibatida kamida 5 kishi – 3 pokistonlik, bir afg‘onistonlik harbiy va mahalliy aholidan bir kishi halok bo‘lgan.
Mahalliy aholi afg‘on harbiylarining yonini olgan. Ixtilof hududida xavfsizlikka tahdid borligi sababli bir necha maktablar yopilgan.
Mavzuga oid
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
08:49 / 18.06.2026
Pokiston: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini zudlik bilan ochadi
09:05 / 17.06.2026