Sport | 10:10 / 15.04.2018
12968
1 daqiqa o‘qiladi

Ibrahimovich yana bir marta jamoasiga g‘alaba keltirdi

MLS chempionatining oltinchi turida «Los-Anjyeles Gelaksi» «Chikago Fayr»ni mag‘lubiyatga uchratdi - 1:0. O‘yindagi yagona golni Zlatan Ibrahimovich Eshli Koulning pasidan keyin urishga muvaffaq bo‘ldi.

36 yoshli shvetsiyalik hujumchi uchun ushbu o‘yin Amerikadagi uchinchi o‘yin bo‘ldi, u bu o‘yinda ilk marta boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi. Uning g‘alabali goli esa Amerikadagi uchinchi goliga aylandi. U bu o‘yinning ikkinchi bo‘limida zaxiraga olingan, uning 3 o‘yinda «Gelaksi» safida maydonda o‘tkazgan vaqti 128 daqiqani tashkil qilmoqda. Ibrahimovichning gollari jamoaga 6 ochko olib keldi.

«Los-Anjyeles Gelaksi» 6 o‘yindan keyin G‘arbiy konferensiyada ikkinchi o‘rinda bormoqda. «Chikago Fayr» Sharqiy konferensiyada to‘qqizinchi o‘rinda joylashgan.

Mavzuga oid