Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampning yangi sevimli iborasi haqida ma'lum qilindi
Foto: Reuters
AQSh prezidenti Donald Tramp Suriya bo‘yicha zarbalarga doir "Missiya bajarildi!" iborasini muvaffaqiyatli deb atadi va uni tez-tez qo‘llashga va'da berdi. Bu haqida u o‘zining Twitter'ida ma'lum qildi.
"Suriyadagi operatsiya shu qadar mukammal va tartib bilan bajarildiki, feyk yangiliklar yozuvchi OAV uni tahqirlash uchun foydalanishi mumkin bo‘lgan yagona usul - mening "Missiya bajarildi!" iboramni qo‘llashdir", - deb yozadi Donald Tramp.
AQSh davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, u OAV shu iborani "ushlab olishi"ni taxmin qilgan. "Bu shu qadar ajoyib harbiy atamaki, u yana jarang sochishi kerak. Tez-tez qo‘llansin!", - deb yozadi Amerika prezidenti.
Kuni kecha Donald Tramp Twitter'da AQSh, Fransiya va Britaniya Suriya bo‘yicha zarbalarni a'lo darajada uddalagani haqida yozib, postining oxirida "Missiya bajarildi!" deya qo‘shimcha qilgan. OAV va ijtimoiy tarmoqlarda uning bu iborasi turlicha qabul qilindi. Masalan, Bloomberg 2003 yilda kenja Jorj Bush Iroqqa kirganidan so‘ng shunday iborani qo‘llaganini yodga solgan.
14 aprel kuni Sharqiy Gutedagi taxminiy kimyoviy hujumlarga javoban AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya Suriyaga qarata zarbalar berdi. RF Bosh shtabining xabar berishicha, jami 103 raketa uchirilgan, ulardan 71 tasining hujumi to‘xtatilgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, zarbalar natijasida 3 kishi jabrlangan, hech kim halok bo‘lmagan. AQSh Suriya prezidenti Bashar Asad yana zaharlovchi gazni qo‘llagan taqdirda, mamlakat bo‘ylab yangi zarbalar ehtimoli haqida ma'lum qildi. NATO mamlakatlari koalitsiya zarbalarini qo‘llab-quvvatlashdi, Rossiya tomonidan taklif qilingan hujumni qoralovchi rezolyutsiya esa BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan rad etildi.
Mavzuga oid
10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi
07:30 / 11.08.2020
Tramp Oq uy oldidagi otishma sababli matbuot anjumandan olib chiqib ketildi
22:47 / 10.08.2020
Tramp Portlendga milliy gvardiya kuchlarini kiritishga chaqirdi
03:48 / 10.08.2020