Sport | 23:45 / 15.04.2018
4501
2 daqiqa o‘qiladi

«Yuventus» yirik g‘alabaga erishdi va «Napoli» bilan oradagi farqni oshirdi

«Yuventus» Italiya A Seriyasining 32-turida «Sampdoriya»ni qabul qildi. Turindagi «Alyants — Yuventus» o‘yingohida kechgan uchrashuv maydon egalarining 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinning birinchi bo‘limi oxirida Mario Mandjukich hisobni ochdi, ikkinchi bo‘limda himoyachi Benedikt Xyovedes va xavbek Sami Xedira hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi. O‘yindagi barcha gollarga Duglas Kosta uzatma berdi.

«Yuventus» endilikda 84 ochko to‘plagan holda turnir jadvalida birinchi o‘rinda va eng yaqin ta'qibchisi «Napoli»ni 7 ochkoga ortda qoldirmoqda, «Sampdoriya» 48 ochkosi bilan – 9-o‘rinda joylashgan.

Italiya chempionati
32-tur
Yuventus – Sampdoriya 3:0
(1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 45 Mandjukich, 2:0 – 60 Xevedes, 3:0 – 75 Xedira.
Yuventus – Buffon, Kellini, Rugani, Xevedes, Xedira (Sturaro, 81), Asamoa, Matyuidi, Pyanich (Duglas Kosta, 43), Kuadrado, Mandjukich, Dibala (Bentankur, 67).
Sampdoriya – Viviano, Ferrari, Redjini, Sala, Silvestre, Barreto (Verre, 81), Torreyra, Ramires (Kaprari, 61), Prat, Sapata, Kualyarella (Kovnatski, 46).
Ogohlantirishlar: Asamoa (33), Xevedes (52).

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid