Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ganada fojia: avtobus va avtomobil to‘qnashuvi oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi
Gana shimolida avtobus va avtomobilning o‘zaro to‘qnashuvi oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Ghana Web xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, hodisa Tamale shahrida ertalabki soatlarda yuz bergan. Avtobus shahardan tashqariga qarab harakatlanib ketayotgan avtomobil bilan to‘qnashgani aytilmoqda. Ro‘y bergan voqea tufayli 20 kishi halok bo‘ldi, ko‘plab insonlar hushsiz holatda shifoxonaga olib ketildi. Jabrlanganlar soni va avtobusda hammasi bo‘lib qancha yo‘lovchi bo‘lgani haqida aniq ma'lumotlar hozircha yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Torontoda muz yomg‘ir sababli 550 dan ko‘proq yo‘l transport hodisasi yuz bergani xabar qilingandi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu to‘qnashuvlar qurbonlarga olib kelmagan. Mahalliy huquq-tartibot idoralarining aytishicha, yo‘l transport hodisalarining barcha ishtirokchilari mayda jarohatlar olishgan.
Mavzuga oid
11:10 / 01.07.2026
Toshkentda Tracker va BYD ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
10:15 / 01.07.2026
Qamchiqda yonilg‘i tashuvchi maxsus avtomobil YTHga uchradi
17:56 / 30.06.2026
Toshkentda YTH oqibatida Lacetti ikkiga bo‘linib ketdi
11:56 / 30.06.2026