Jahon | 08:11 / 16.04.2018
6323
1 daqiqa o‘qiladi

Meksikada yana bir mer o‘ldirib ketildi

Foto: RIA Novosti / Dmitriy Znamenskiy

Meksikada Xilotlan shahri meri Karlos Andrade Maganya 15 aprelda o‘ldirib ketildi. Excelsior portali ma'lumotlariga ko‘ra, Maganya Xilotlan joylashgan Xalisko shtati chegarasida noma'lum kimsalar tomonidan otib ketilgan.

Maganyaga hujum u dafn marosimidan qaytayotganda sodir etilgan.

Bir necha kun avval Tlanepantla shahri meri Xose Efrain Garsiya o‘ldirib ketilgandi

Meksikada oxirgi yillarda bir nechta shunday qotilliklar sodir etilgan. 2017 yilda Paracho shahri meri Stalin Sanches Gonsales, undan avvalroq esa Ueuetlana meri Puebla Xose Santamariya Savala o‘ldirib ketilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid