Meksikaning Puebla ştatidagi Tlanepantla şahri meri Xose Efrain Garsiya öqqa tutildi. Bu haqda ştat boş prokuraturasi Twitter’dagi sahifasida xabar bergan.
«Prokuratura Tlanepantla meri Xose Efrain Garsiyaning öldirilişi yuzasidan tergov ötkazmoqda, u San-Pablo-Aktipan va Tepeaka örtasidagi yölda transport vositasida bölgan. Boşqa maşinalar unga yölni tösib qöygaç, mer öq otar quroldan yaralandi», - deyiladi xabarda.
Amaldor olgan jarohatlari tufayli şifoxonada hayotdan köz yumgan.













