Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ohangaronda Jazoni ijro etish boshqarmasi mashinasi YTHga uchradi, mahkumlar halok bo‘ldi
Illyustrativ foto/slovo.odessa.ua
2018 yil 13 aprel kuni Toshkent viloyati “Olmaliq-Toshkent” avtoyo‘lining 14-kilometrida dahshatli avtohalokat ro‘y berdi. Buning oqibatida 3 kishi hayotdan ko‘z yumdi, yana 6 kishi turli darajada tan jarohatlari bilan Ohangaron tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. Bu haqda KUN.UZ manbasi xabar qilmoqda.
Ma'lum qilinishicha, Toshkent viloyati IIB, Jazoni ijro etish boshqarmasi, 52-sonli jazoni ijro etish muassasasiga tegishli, davlat raqami10 3XX VSF bo‘lgan “Damas” avtomashinasi haydovchisi S.T. “Olmaliq-Toshkent” avtoyo‘lining 14-kilometrida yo‘l chiziqlarini bo‘yash ishlarini olib borayotgan davlat raqami 10 AA 6XX bo‘lgan traktor tirkamasiga kelib urilgan. Buning oqibatida haydovchi voqea joyida vafot etgan. 52-sonli jazoni ijro etish muassasasi mahkumlari T.B. shifoxonaga olib borish chog‘ida, P.A. shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan.
Bundan tashqari, 52-sonli jazoni ijro etish muassasasining avtomashinada bo‘lgan yana 6 nafar mahkumi Ohangaron tumani tibbiyot birlashmasiga keltirilgan, ularga tibbiy muolaja ko‘rsatilgan.
Fojia joyiga tuman prokurori va boshqa mutasaddilar chiqib, hodisa o‘rganilgan, dastlabki surishtiruv ishlari olib borilgan. Ushbu ish bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
08:30
Nurafshon ko‘chasida uchta avtomobil ishtirokida YTH qayd etildi
13:38 / 24.01.2026
Toshkentda ko‘prik ustida ikkita avtomobil to‘qnashdi
13:39 / 21.01.2026
Temiryo‘l muzeyi qarshisida ikki avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
12:24 / 20.01.2026