Lourens nomidagi Livermor milliy federal laboratoriyasi (LLNL) tadqiqotçilari guruhi "Yutub"dagi rasmiy sahifasida atmosferada yadro portlaşining 62 ta videosini e'lon qildi. Olimlarning maqsadi AQŞda amalga oşirilgan yadro sinovlaridan katta qismini e'lon qilişdir – bu ma'lumotlar, ekspertlarning fikriça, kelajakda şaharlar hamda hayotiy muhim obektlarga yadro zarbasi berilişi oqibatlarini hisoblab çiqişda qöl keladi.
Ekspertlarning ta'kidlaşiça, hali qilinadigan işlar köp – AQŞda faqatgina 1945 yildan 1962 yilgaça 210 ta atmosfera yadro portlaşi amalga oşirilgan. Bu sinovlar böyiça videomateriallarning umumiy miqdori töqqiz ming filmdan ortiqni taşkil etadi – ulardan har birini körib çiqiş lozim va dasturiy ta'minot yordamida qayta işlaş darkor.
Laboratoriya arxividagi eng “hayratlanarli” fayllardan biri “Dominik” loyihasi doirasidagi 105 ta yadro portlaşidan iborat bölgan seriyadir. Uşbu loyiha AQŞ hududida yadro qurolini eng ommaviy va intensiv sinovlariga tegişli.
















