Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kim Chen In Bashar Asadga tabrik yo‘lladi
KXDR rahbari Kim Chen In Suriya prezidenti Bashar Asadni mamlakat mustaqilligining 72 yilligi munosabati bilan tabrikladi va unga o‘z birdamligini izhor etdi. Tabrik matni Koreya Markaziy telegraf agentligi tomonidan keltirilgan.
«Men sizning to‘g‘ri boshqaruvingiz ostida sizning hukumatingiz va xalqingiz mamlakat mustaqilligi va xavfsizligi uchun kurashda muvaffaqiyatga erishayotganidan mamnunman», degan Kim Chen In.
U Asadga yangi yutuqlar va sog‘liq tilagan, Suriya xalqini hamisha qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.
Har yili 17 aprel kuni Suriya xalqi fransuz istilochilari mamlakatdan chiqib ketgan kunni Mustaqillik bayrami sifatida nishonlaydi. Fransiya mandati Suriya va Livanda 1943 yilda to‘xtagan, ammo oxirgi fransuz harbiysi Suriyani 1946 yil 17 aprelida tark etgan. Suriyada bayram G‘arb koalitsiya tomonidan berilgan havo zarbalari fonida nishonlanmoqda.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
08:55 / 26.03.2026
Lukashenko ilk bor KXDRga tashrif buyurdi
23:21 / 24.03.2026