Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Latviya prezidenti Rossiyaning provokatsiyasi haqida ma'lum qildi
Latviya prezidenti Raymond Veyonisning ma'lum qilishicha, Boltiq dengizida Rossiya tomonidan raketalardan foydalanilgan holda mashq o‘tkazilishi mamlakat va NATOni qaysidir jihatdan provokatsiya qilishdir. Bu haqda Delfi LNT telekanali efiriga asosan xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mashqlar mintaqadagi xavfsizlikka yordam bermaydi, dengizdagi kemalar qatnoviga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, xato ehtimolini istisno etish kerak emas, shuning uchun ichki dengiz sifatida qabul qilinuvchi Boltiq dengizida bunday mashqlarni umuman o‘tkazish kerak emas edi.
Veyonisning ta'kidlashicha, kuchning bunday ko‘rsatilishi va qaysidir ma'nodagi provokatsiya Latviya hamda NATO mamlakatlarining mashqlarga reaksiyasini bilishga qaratilgan edi. Uning fikricha, o‘z davlati reaksiyasi adekvat hamda qurolli kuchlar vaziyatni nazoratda ushlab turibdi.
Mavzuga oid
11:20 / 01.07.2026
Rossiya 7 ta temiryo‘l chegara punkti faoliyatini to‘xtatdi
10:55 / 01.07.2026
Sirskiy: Rossiya Chernixiv viloyatiga hujum qilishni rejalashtirmoqda
08:55 / 01.07.2026
Rossiya va Euroclear o‘rtasidagi nizo Belgiya sudigacha yetib bordi
08:39 / 30.06.2026