Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Asad dunyodagi eng ahmoq diktator bo‘lishi mumkin»
Amerikalik respublikachi senator Rend Polning ma'lum qilishicha, AQShning Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalarini joriy etish uchun, Rossiya Suriyaning Duma shahrida yuz bergan kimyoviy hujumga aloqador ekanini isbotlash talab etiladi. Bu haqda u CNN telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
«Menimcha, sanksiyalar haqida gapirishdan avval, biz Rossiya hujumda ishtirok etganiga oid qanday dalillar borligi haqida gaplashib olishimiz kerak. Umuman olganda, kimyoviy hujum haqida o‘ylab, bir narsa xayolimga keldi – Asad yoki dunyodagi eng ahmoq diktator, yoki u buni qilmagan», - dedi Pol.
Uning ta'kidlashicha, Asad kimyoviy hujumga aloqador ekani bo‘yicha dalillarni hech kim ko‘rmadi. Shuningdek Polning qayd etishicha, kimyoviy hujum – jahon hamjamiyatini mamlakatga to‘g‘ridan to‘g‘ri zarba berishga undashi mumkin bo‘lgan yagona hodisadir. Shuning uchun siyosatchining bildirishicha, so‘nggi bir necha yil davomidagi urushda g‘alaba qozonayotgan Asadga suriyaliklarga qarshi kimyoviy qurolni qo‘llash uncha manfaatli ish bo‘lmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya Suriya prezidenti Bashar Asadga qarshi harbiy kuchni qo‘llash uni muzokaralarga majburlay olmasligini aytib o‘tgan edi.
Mavzuga oid
19:37 / 01.07.2026
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
09:15 / 01.07.2026
AQSh NIS uchun vaqtinchalik litsenziya muddatini yana 30 kunga uzaytirdi
21:14 / 30.06.2026
AQSh Oliy sudi tug‘ilganda fuqarolik olish huquqini tasdiqladi
17:54 / 30.06.2026