01:44 / 18.04.2018
48947

Bosh prokuratura huzurida yangi inspeksiya tashkil etildi

Foto: UzA

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta'minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tashkil etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan tegishli farmonda shunday deyiladi. 

Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuraturasi huzurida Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta'minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi​dan tashqari, joriy yilning 1 iyul kunidan qishloq xo‘jaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish agentligi hamda Qishloq va suv xo‘jaligida investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha markaz negizida loyihalar, shu jumladan, investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga ko‘maklashish uchun mas'ul bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksi tarkibiga kiruvchi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta'minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi tashkil etiladi.

Farmonda ta'kidlanishicha, agentlik qishloq xo‘jaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish agentligi hamda Qishloq va suv xo‘jaligida investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha markazning huquqlari, majburiyat va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanishi aytilmoqda.​

Mavzuga oid
Top