Bu suratni Kastamonudagi 4 asrlik binoning içidan oldim. Bu yerda çoyxona faoliyat yuritadi. Kişilar bu yerga ovqatlangani emas, aynan bir finjon çoy yoki qahva içib, suhbatlaşgani kelişadi. Turkiyada ovqat madaniyatidan alohida çoy madaniyati (çay kültürü) ham şakllangan. 

Mahallalar, guzarlarda kiçkinagina kursi va xontaxta atrofida bir-biri bilan suhbat qilayotgan kişilarni köp uçratasiz. Bu yer kafe ham emas, restoran ham emas. Çoy boğçalari deyiladi (çay bahçesi). Turistlarni jalb qiliş maqsadida tarixiy binolarda (ular Turkiyada har qadamda) ham milliy koloritni namoyiş qiluvçi şunday çoyxonalar faoliyat yuritadi. 

Mahallalar içida bir qança qiroatxonalarni kördim. Bu mahalliy kutubxonalarga xalq kirib, bir finjon çoy va qahva içib, kitob mutolaa qiladi (yangi dunyodagi Bookcafe‘larning asliyatdagi körinişi).

Şularni körib, öylar ekanman, bir neça yil oldin yozgan mulohazalarim yodga tuşdi.

Yaxşi eslayman: Marğilondagi barça mahalla guzarlarida masjid, çoyxona, novvoyxona, qassobxona, sartaroşxona va dökon bir joyda bölar, mahalla ahli şu yerda yiğilib, vaqtini xuş ötkazardi.

Ayniqsa, mahalla çoyxonasi qariyalarning yiğiladigan joyi bölib, ular masjiddan çiqib, şu yerda ötirişar, suhbatlaşar, gazeta öqişar, burçakdagi radioni tinglaşar edi. Katta samovarda doimo suv qaynab turar, çoy esa deyarli suvtekin. Gohida meni ham davralariga qöşib, gözal suhbatlariga şerik qilişar, ba'zan kitob öqittirib, vaqt ötkazilgandi. Bir paytlar bu yerda bedilxonlik, yassaviyxonliklar bölgan, eski turkiy-arabiy kitoblar öqilgan ekan. Öşa paytlarda çoyxonada qariyalar köp bölardi.

Iqtisodiy şaroitmi yo yana boşqa sabablarmi şahardagi çoyxonalar asta-sekin yopildi yoki faoliyatini özgartirdi. Bizning çoyxona bir muddat yemakxona böldi, söng somsaxonaga ijaraga berişdi, keyin kartaxona, tennisxona, hotdogxona böldi… Hozir qulf osilgan. Marğilondagi eng katta “Xanda” çoyxonasi töyxonaga, uning yonidagi “Otalar çoyxonasi” oşxonaga aylantirilgan.

Hozirda çoyxona deganda butkul boşqa manzara tasavvur qilinadi: sigaret hidi buruqsigan alohida xonalarda bir guruh yigitlar xandon otib karta öynaydigan, söngida oşpaz pişirib bergan palovxontörani paqqos tuşirib, kekirib ötiradigan joy.

Nazarimda mahallalarda qariyalar ham kamdek. Menga qadrdon çollarning köpi rahmatli bölib ketdi. “Yangi çollar”ni faqat masjidda va nahorgi oşlarda uçratasiz. Mahallaning töriga körk bölgan çollar tarixga aylandi.