Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vetnamda eski batareykalardan qahva tayyorlagan korxona aniqlandi
Vetnamning Daknong viloyatida politsiyachilar eski batareykalardagi qora kukundan foydalangan holda qahva ishlab chiqaruvchi oilaviy korxonani aniqladi. Bu haqda TuoiTreNews nashri xabar berdi.
Korxona egasining aytishicha, “irkit” qahva maydalangan qahva donlarini chang-chung bilan aralashtirish orqali olingan. Batareykalardan olingan qora kukun esa olingan qorishmani bo‘yash uchun qo‘llangan.
Korxonasi egasi bo‘lgan ayol korxona anchadan beri ishlab kelishini, 2018 yil boshidan esa bozorga o‘z “mahsulot”idan 3 tonnadan ko‘proq yetkazib berganini tan olgan. Reyd vaqtida korxonada 12 tonna “irkit” qahva aniqlangan.
Mutaxassislarning aytishicha, batareykalardan olinuvchi qora kukun marganets ikki oksidi bo‘lib, kuchli zaharlanish keltirib chiqarishi mumkin. Uning bir litr suvga 0,5 milligrami ham xavflidir. Shuningdek, batareykalarda qo‘rg‘oshin, simob, sink, kadmiy va margimush kabi boshqa zaharli elementlar ham qo‘llanadi.
Mavzuga oid
08:14 / 12.05.2026
Dunyoda eng ko‘p qahva qaysi davlatda yetishtiriladi?
07:36 / 06.04.2026
Infografika: qaysi mamlakat aholisi eng ko‘p qahva ichadi?
07:41 / 16.12.2025
Dunyoda qaysi ichimlik ustun: choymi yoki qahva?
07:20 / 26.11.2025