Jahon | 17:01 / 19.04.2018
10708
1 daqiqa o‘qiladi

Iroq samolyotlari Suriyadagi jangarilarga hujum qildi

© AFP 2018 / Stringer

Iroq harbiy havo kuchlari samolyotlari Suriyaning Iroq bilan chegaradosh hududida IShID jangarilari pozitsiyalariga zarbalar yo‘lladi. Bu haqda Iroq bosh vaziri matbuot xizmati xabar tarqatgan.

«Payshanba kuni Iroq qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Haydar al-Obodiy buyrug‘iga ko‘ra chegara hududidagi jangarilarning pozitsiyalariga zarbalar berildi», deyilgan xabarda.

Iroq bosh vaziri ofisi IShID jangarilari chegara hududida bo‘lishini mamlakat xavfsizligi uchun jiddiy xavf deb atagan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid