Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Kim Chen In bilan uchrashuvdan ketib qolishi mumkinligini ma'lum qildi
Foto:AP Photo/Pablo Martinez Monsivais
AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashuvni, agarda u «samara bermasligini» tushunsa, tark etadi. Bu haqda Oq uy saytida xabar qilingan.
«Agarda men uchrashuv paytida u samara bermasligini tushunsam, men hurmat keltirgan holda uni tark etaman va biz hozir qilayotgan ishimizni yoki hali qilmagan narsamizni bajaramiz», - deya aytib o‘tdi Tramp.
Uning shuningdek ta'kidlashicha, AQSh uchrashuv muvaffaqiyatli o‘tishiga umid bildirmoqda. Biroq, uning so‘zlariga ko‘ra, «agarda AQSh uchrashuv muvaffaqiyatli bo‘lmaydi, deb hisoblasa, u yuz bermaydi».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan «yaqin haftalar ichida» uchrashishni rejalashtirayotgani haqida ma'lum qilgandi. «Men yaqin haftalar ichida Kim Chen In bilan uchrashib, Koreya yarim orolini yadroviy qurolsizlantirish masalasini muhokama qilaman. Umid qilamanki, bu uchrashuv muvaffaqiyatli bo‘ladi hamda biz uni kutmoqdamiz», - deya aytib o‘tdi Tramp.
Mavzuga oid
15:55 / 13.02.2026
Kim Chen In qizini voris sifatida tanlab bo‘lgan – Janubiy Koreya razvedkasi
14:43 / 30.01.2026
Kim Chen In KXDRni “o‘zgartirish”ga va’da berdi
11:34 / 29.12.2025
KXDR Sariq dengiz yo‘nalishida ikki qanotli raketa sinovini o‘tkazdi
21:21 / 26.12.2025