Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoydagi sud qotillikda ayblangan shaxsni hukm chiqarilganidan 23 yil o‘tib oqladi
Xitoy shimoli-sharqidagi Tszilin provinsiyasi yuqori xalq sudi 1994 yilning iyulida qotillik uchun o‘lim jazosiga hukm qilingan Lyu Chjunlinning ishi bo‘yicha oqlov xulosasini chiqardi. Unga tayinlangan jazo muddati kechiktirilgan. Bu haqda Sina xabar qilmoqda.
"Sudning dastlabki qarori aniqlanmagan holatlar va yetarli dalillar yo‘qligi tufayli haqiqiy emas deb topildi", - deya sud qaroridan iqtibos keltirgan portal.
O‘rnatilgan yuridik talablarga ko‘ra, xato tufayli ayblangan shaxsga davlat tomonidan tovon puli to‘lab beriladi. Lyu Chjunlin joriy yilda 50 yoshga to‘ldi, undan ayblovlarning olinishi – mantiqan to‘g‘ri narsa, unga ushbu shaxs ko‘p yillardan beri harakat qilgan.
1990 yilning oktabrida politsiya Tszilin provinsiyasining Dunlyao uyezdidagi qishloqlardan birida bir yil muqaddam uyidan chiqib ketgan va qaytib kelmagan ayol jasadini topgan. Ekspertizaning ko‘rsatishicha, o‘ldirilgan ayol homiladorlikning 21-haftasida bo‘lgan. Ba'zi holatlar tufayli aynan Lyu Chjunlin asosiy gumonlanuvchiga aylangan. Unga hukm chiqarilganidan bir yil o‘tib o‘lim jazosini ijroga keltirish kechiktirildi, keyinchalik 25 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi bilan almashtirildi.
Mavzuga oid
19:51 / 30.06.2026
“Farhod” avtoehtiyot qismlar bozoridagi jinoiy guruh a’zolariga hukm o‘qildi
17:41 / 30.06.2026
Qoshg‘ar: O‘zbek mahallalarini eslatuvchi qadimiy shahar
11:56 / 30.06.2026
Doniyor Turg‘unov ustidan sud boshlandi: avtomobilni olib qochish moddasi ayblovdan chiqarilgan
18:38 / 26.06.2026