O‘zbekiston | 15:11 / 20.04.2018
4561
2 daqiqa o‘qiladi

“O‘zekspomarkaz”da qishloq xo‘jaligi uskunalari va texnikasi bo‘yicha birdaniga ikkita ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi

Foto: uzexpocentre.uz

“O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazma kompaniyasining markaziy pavilonlari va ochiq maydonlarda joriy yilning 30 mayidan 2 iyunigacha XIII «Uzbekistan Agrotech Expo–2018» Respublika qishloq xo‘jaligi uchun zamonaviy uskunalar va texnologiyalar xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma yarmarkasi va VII qishloq xo‘jaligi texnikasi va mashinalari ko‘rgazmasi «Uzbekistan Agromash Expo–2018» bo‘lib o‘tadi.

«Uzbekistan Agrotech Expo–2018» va «Uzbekistan Agromash Expo–2018» ko‘rgazmalari quyidagi mavzulardagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi: meva va sabzavotlarni ishlab chiqarish va ularni qayta ishlab chiqarish, muzlatish va sovitish uskunalari, meva va sabzavotlarni quritish uskunalari, non va non mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyalari, bog‘dorchilik texnologiya va uskunalari, issiqxona komplekslari, o‘simliklarni himoya qiluvchi kimyoviy dori vositalari, chorvachilik, parrandachilik va asalarichilikni rivojlantirish texnologiya va uskunalari, go‘sht va baliq mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash, sut va sut mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyalari, veterinariya, sut sog‘ish uskunalari va maydonlari, farmatsevtika sanoati, qishloq xo‘jaligi texnikasi, paxtachilik texnikasi, paxta teruvchi mashinalari, bog‘dorchilik texnikasi va traktorlari va boshqalar.

Qo‘shimcha ma'lumotlarni (998 71) 238 56 11, (998 90) 168 16 00 telefon raqamlari orqali olish mumkin.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid