Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vetnamda ilk marta O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkazildi (fotojamlanma)
Vetnamda ilk marta o‘tkazilayotgan O‘zbekiston madaniyati kunlari doirasida Vetnam Sotsialistik Respublikasining Madaniyat, sport va turizm vaziri o‘rinbosari Vuong Duy Biyen va O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri o‘rinbosari Umidjon Abduraximovich Qo‘qonboyev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Madaniyat vazirligi matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.

Uchrashuvda tomonlar davlatlararo madaniy hamkorlik, san'at va turizm masalalari, istiqbolli rejalar, sohani rivojlantirish xususida muzokaralar olib borib, o‘z taklif va mulohazalarini bildirishdi.
O‘zbekiston jahonning ko‘plab davlatlari bilan madaniy aloqalarini tobora kengaytirib borayotgani quvonarli hol. Jumladan, turli mamlakatlarda yuqori saviyada o‘tkazib kelinayotgan O‘zbekiston madaniyati kunlari dunyo hamjamiyatining o‘zbek madaniyati va san'atiga bo‘lgan qiziqishini oshirmoqda.
Vetnam Sotsialistik Respublikasining poytaxti, go‘zal Xanoy shahrida joylashgan Katta opera teatrida O‘zbekiston madaniyat kunlarining ochilish marosimiga bag‘ishlangan tantanali gala-konsert bo‘lib o‘tdi.


Teatr foyesida O‘zbekiston madaniyati, milliy an'ana, urf-odatlarini aks ettiruvchi fotoko‘rgazma hamda amaliy san'at, hunarmandchilik mahsulotlari namoyishi tashkillashtirildi.



Kontsertda O‘zbekiston xalq artisti Mahmud Namozov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Yahyo va Muhsin Mo‘minovlar, el suygan xonanda va sozandalar, raqqosalarning ijro mahoratlari Vetnam shahri aholisida katta taasssurot qoldirgani ularning gulduros olqishlaridan ma'lum bo‘ldi.







Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026