Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belaruslar Polshada chiqindini yo‘l chetiga tashladi. Mahalliy aholi uni mashinaga qayta uloqtirdi
Polshadagi «StopXam»ning YouTube-kanali yo‘llardan biridagi tirbandlikda yuk avtomobili videoqayd etish vositasi orqali tasvirga olingan videoni e'lon qildi. Yozuvdan ko‘rish mumkinki, Belarus raqamiga ega bo‘lgan mikroavtobus derazasidan chiqindiga to‘la uchta paket chiqarib tashlangan.
Shundan so‘ng yuk mashinasidan haydovchi chiqadi va chiqindilarni minivenga qayta uloqtiradi, boshqa bir polyak esa qonun buzuvchining raqamlarini kameraga oladi. Mikroavtobus yo‘lovchilaridan biri yo‘l chetida qolgan chiqindini olishga majbur bo‘lgan.
Ta'kidlab o‘tish joizki, Polshada mashinadan chiqindini yo‘l chetiga tashlaganlik uchun 50-200 zlotiy (900-3600 rubl) miqdorida jarima qo‘llaniladi. Belarusda ham shunga o‘xshash holat – bu ma'muriy huquqbuzarlik sanalib, 24-94 rubl (700-1400 Rossiya rubli) miqdorida jarimaga sabab bo‘ladi.
Mavzuga oid
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
10:30 / 04.07.2026
O‘zbekistonda 11 ta chiqindidan energiya ishlab chiqarish zavodi quriladi
09:15 / 27.06.2026
Qaysi mamlakatlarda yadro chiqindilari eng ko‘p? Yangi xarita e’lon qilindi
09:05 / 20.06.2026