Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gretsiya Turkiya dushmanlari uchun boshpanaga aylandi – Yildirim
Foto: RIA Novosti / Mixail Klimentev
Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim Gretsiyani Turkiya dushmanlari uchun boshpana deb atadi. U buni Anqara 2016 yildagi davlat to‘ntaruviga urinishga aloqadorlikda gumon qilayotgan turk harbiysini ozod qilganiga javoban aytgan.
19 aprelda Gretsiya sudi 2016 yilgi davlat to‘ntaruviga urinishdan keyin vertolyotda Turkiyani tark etgan 8 turk harbiysidan biri – Sulaymon O‘zkaynakchini ozod qilishga qaror qildi. Gretsiya OAV ma'lum qilishicha, yaqin kunlarda qolgan harbiylar ham ozod qilinadi.
“Qo‘shnimiz Gretsiyaning bu qarori nomaqbuldir va bizga og‘riq yetkazadi. Gretsiya Turkiya dushmanlari uchun boshpanaga aylangan, bu esa munosabatlarimizga salbiy ta'sir qiladi. Biz hamon isyonchilarning Turkiyaga qaytarilishiga chaqiramiz”, deb aytgan Yildirim jurnalistlarga.
Oxirgi kunlarda Gretsiya va Turkiya bir-biriga nisbatan keskin bayonotlar bildirmoqda. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Gretsiya bosh vaziri Aleksis Tsiprasni 8 nafar turk harbiysini topshirish va'dasini bajarmaganlikda ayblagan. Gretsiya esa Turkiya demokratik saylangan bosh vazir va sulton o‘rtasidagi farqni yaxshi tushunib olishi kerakligini aytgan.
Mavzuga oid
23:00 / 24.04.2026
Turkiyada 15 yoshdan kichik bolalarga ijtimoiy tarmoqlarga kirish taqiqlandi
22:57 / 23.04.2026
Prezidentga Turkiya bilan harbiy hamkorlikni mustahkamlash borasidagi ishlar haqida axborot berildi
17:49 / 21.04.2026
Turkiya ta’lim dasturlariga o‘zbek–turk do‘stligini urg‘ulovchi qo‘shimchalar kiritildi
14:08 / 21.04.2026