Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qarindoshi mashinasini olib qochib, YTHga uchragan va voqea joyidan qochib ketgan shaxs ushlandi
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Ma'lum bo‘lishicha, 17 aprel kuni Sijjak mahallasida yashovchi, 1985 y.t. B.N. IIBga murojaat qilib, u shu kuni soat 10.00larda, o‘zining “Matiz” rusumli avtomashinasini Sijjak mahallasi Navolisoy ko‘chasidan beton to‘siqqa urilgan holda topganligini ma'lum qilgan.
Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida 17 aprelga o‘tar kechasi B.N.ning qarindoshi, Sijjak mahallasi M.Boboyev ko‘chasida yashovchi, 1998 y.t. N.A. uning uyi oldida joylashgan garajidan B.N.ga tegishli “Matiz” rusumli avtomashinasini haydab qochib, Sijjak mahallasi Navolisoy ko‘chasida beton to‘siqqa urib, avtomashinani shu yerda tashlab, o‘zi voqea joyidan yashiringanligi aniqlangan.
Ko‘rilgan choralar natijasida N.A. ushlangan.
Mavzuga oid
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
12:35 / 08.07.2026
Lacetti ikkiga bo‘linib ketgan avariya oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan
10:58 / 08.07.2026
Toshkentda Lacetti chiroq ustuniga borib urildi
10:44 / 07.07.2026