Sport | 21:27 / 21.04.2018
4539
2 daqiqa o‘qiladi

La Liga. «Valensiya» ochko yo‘qotib, «Real»ga yetib olish imkoniyatini boy berdi

Ispaniya chempionatining 34-turida «Valensiya» safarda «Selta» bilan bellashdi.

Ikkinchi bo‘limda tomonlar qisqa vaqt ichida bittadan gol urib, yakunda durangga imzo chekishdi. Bu natija ko‘proq «ko‘rshapalaklar»ni qoniqtirmadi. Chunki ular musobaqa jadvalida «Real» bilan tenglashib olish imkoniyatini boy berishdi.

Ayni paytda, «Valensiya» 66 ochko bilan 4-o‘rinda, «Selta» 45 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda. «Real» 68 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turibdi.

La Liga, 34-tur
Selta – Valensiya 1:1 (0:0, 1:1)
21 aprel, «Balaydos» stadioni
Gollar: 0:1 – 59 Santi Mina, 1:1 – 63 Maksi Gomes. 
Selta – Alvares, Kabral, Malo, Ronkalya (Fontas, 20), Gomes (Ernandes, 72), Xosabed, Lobotka, Vass, Brais Mendes, Sisto (Mor, 81), Maksi Gomes.
Valensiya – Neto, Garay, Toni Lato, Ruben Vezu, Gabriel, Pereyra, Soler, Kondogbia, Gonsalu Gedesh (Ferran Torres, 78), Santi Mina (Vetto, 85), Rodrigo.
Ogohlantirishlar: Gomes (43), Ruben Vezu (62), Garay (90).

Mavzuga oid