Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda kun davomida ikkinchi terakt sodir etildi, Kobuldagi portlash qurbonlari soni ortmoqda
Yakshanba tongida Afg‘oniston poytaxti Kobul shahridagi saylovchilarni hisobga olish markaziga uyushtirilgan hujum oqibatida halok bo‘lganlar soni 31 nafarga yetdi. Afg‘oniston rasmiysi ma'lumotiga asoslanib, BBC telekanali xabar berishicha, portlash natijasida 50dan ziyod kishi jarohatlangan.
Bundan avvalroq ushbu hujum qurbonlari soni 12 nafar ekani xabar qilingandi.
Ushbu hujum uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi.
Khaama Press xabariga ko‘ra, bugun mamlakatda yana bir terakt sodir etiildi. Afg‘oniston shimoli-sharqidagi Bag‘lon provinsiyasidagi saylov uchastkasida sodir etilgan xunrezlik qurbonlari soni 7 nafar, yana o‘nlab kishilar jarohatlangan.
Afg‘onistonda mahalliy saylovlar shu yilning oktabr oyida o‘tkaziladi. Saylovchilarni ro‘yxatga olish jarayoni 14 aprel kuni boshlangandi.
Mavzuga oid
16:40 / 20.04.2026
Kiyevdagi terakt vaqtida politsiyachilar yosh bolani tashlab, qochib ketdi. Tafsilotlar
09:06 / 19.04.2026
Kiyevdagi otishma: «Moskvada tug‘ilgan shaxs» o‘t ochdi va supermarketda odamlarni garovga oldi
19:23 / 06.04.2026
«Krokus»dagi terakt uchun sudlangan shaxs o‘z joniga qasd qildi
10:11 / 13.03.2026