Jahon | 21:10 / 22.04.2018
8349
2 daqiqa o‘qiladi

Armaniston bosh prokuraturasi Pashinyan qo‘lga olinganini tasdiqladi

© Artem Geodakyan/TASS

Armaniston bosh prokuraturasi 3 nafar muxolif deputat Nikola Pashinyan, Ararat Mirzoyan va Sasun Mikayelyan qo‘lga olinganini tasdiqladi. Bosh prokuratura xabarida ular noqonuniy aksiya tashkilotchiligida ayblanmoqda.

«Parlament deputatlari boshchiligida noqonuniy aksiya o‘tkazish chog‘ida tinch yig‘ilish o‘tkazish bo‘yicha tartiblar buzilib, boshqa fuqarolarning erkin harakatlanishiga xalaqit qilindi, ko‘plab binolarga kirish yo‘llari to‘sildi», deya qayd etilgan xabarnomada. Xabarda muxolif deputatlar qo‘lga olingani haqida Milliy yig‘ilish raisi Ara Babloyan ham ogohlantirilgani qo‘shimcha qilingan.

Bugun Armaniston bosh vaziri Serj Sargsyan Pashinyan bilan muzokara o‘tkazish uchun keldi, ammo muloqot davomida muzokara joyini tark etdi. Shundan so‘ng namoyishlarning yangi to‘lqini boshlandi, politsiya kuch bilan ularni tarqatdi. Namoyishchilarni tarqatish chog‘ida ular qo‘lga olingani haqida xabar berildi, ammo ko‘p o‘tmasdan Ichki ishlar vazirligi bu xabarlarni rad etib chiqdi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid