Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron Trampning talablari hisobga olingan yadroviy kelishuvni qabul qilmaydi
Eron 2015 yildagi yadroviy kelishuv o‘rniga AQSh va uning Yevropadagi ittifoqdoshlari tomonidan AQSh prezidenti Donald Trampning talablari hisobga olingan yangi kelishuvni qabul qilmaydi. Bu haqda CBS telekanaliga intervyuda Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif aytib o‘tdi.
“Qabul qilmaydi, chunki yevropaliklar uchun ular AQShni kelishuvni bajarishga qaytarish muhimdir, chunki Eron unga amal qilmoqda. Aksincha, AQSh kelishuvga amal qilmayapti”, deb aytgan Zarif. Uning aytishicha, “kelishuvning “yaqqol buzilishi”ga Vashington Eronning hamkorlarini u bilan hamkorlik qilmaslikka chaqirayotgani xizmat qiladi. Zarif Vashingtonning harakatlari “uning xalqaro hamjamiyatda yakkalashuviga” olib kelishini aytdi.
Zarif kelishuvda ishtirok etayotgan Yevropa davlatlari kelishuvni qo‘llab-quvvatlab, “AQShning qo‘shimcha talablarini qondirmay, balki uning amaldagi kelishuvlar doirasida o‘zining majburiyatlariga amal qilishga majbur qilishlari kerakligini” qo‘shimcha qilgan.
Tramp 12 may kuni Eronga qarshi sanksiyalarni muzlatishni navbatdagi marta uzaytirishi kerak. Tramp bunday qilmasligi kutilmoqda. Bunday holda sanksiyalar avtomatik ravishda amal qila boshlaydi. Zarif esa bunday vaziyatda Eron yadroviy ishlanmalarini yana boshlashi mumkinligidan ogohlantirgan.
Mavzuga oid
22:59 / 30.06.2026
400 kg uran nega 60 foizgacha boyitilgan? Eron elchisining javobi
14:37 / 30.06.2026
AQSh-Eron muzokarachilari Dohaga kelyapti: Ho‘rmuz diqqat markazida
08:55 / 29.06.2026
AQSh va Eron yana o‘zaro hujumlarni to‘xtatishga kelishdi
13:06 / 28.06.2026