22:50 / 22.04.2018
7079

«Manchester Siti» 5ta gol urib g‘alaba qozondi

Foto: Premer liga

«Manchester Siti» Angliya Premer-ligasining 35-turida «Suonsi Siti»ni yirik hisobda mag‘lub etdi. Manchesterdagi «Etihad — Siti of Manchester» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 5:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinda hisob 12-daqiqadayoq David Silva tomonidan ochildi, bo‘lim davomida Rahim Sterling «Manchester Siti» ustunligini oshirdi. Ikkinchi bo‘limda Kevin De Bryuyne, Bernardu Silva va Gabriel Jyezus bittadan gol urishdi.

Endilikda muddatidan avval APL chempionligini hal qilgan «Manchester Siti» ochkolari sonini 90taga yetkazdi, «Suonsi Siti» 33 ochko bilan – 17-o‘rinda joylashgan.

Angliya chempionati
35-tur
Manchester Siti – Suonsi 5:0
(2:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 12 Silva, 2:0 – 16 Sterling, 3:0 – 54 de Bryuyne, 4:0 – 64 Bernardu Silva, 5:0 – 88 Gabriel Jyezus.
Manchester Siti – Ederson, Laport, Kompani, Danilo, Delf (Mendi, 75), Silva, Gyundogan, Sterling (Foden, 71), de Bryuyne (Ture, 65), Bernardu Silva, Gabriel Jyezus.
Suonsi – Fabianski, Fernandes (Bartli, 67), Mouson, Olsson (Abraxam, 75), van der Xorn, Kerroll, King, Ayyu, Ki Son Yen (Klukas, 65), Noton, Ayyu.
Ogohlantirishlar: Olsson (40).

Mavzuga oid
Top