Jahon | 20:30 / 22.04.2018
5336
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Shimoliy Koreyaga yon bosilgani haqidagi xabarni rad etdi 

Foto:Reuters/Yuri Gripas

AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh Shimoliy Koreyaning yadroviy dasturdan voz kechishi borasidagi muzokaralarda yon bosishlar qilmagan. U bu haqda tvitterda yozib o‘tdi.  

“Yolg‘on xabarlar NBC’dagi g‘aflat bosuvchi Chak Todd Shimoliy Koreya bilan muzokaralarda biz ko‘plab yon bosishlar qilganimizni, ular esa hech ham yon bosmaganlarini ma'lum qildi. Hoy, biz hech narsada yon bosmadik va ular yadroviy qurolsizlanish, poligonni yopish va sinovlardan voz kechishga rozi bo‘ldilar”, deb yozgan Tramp. 

Tramp keyingi postida Shimoliy Koreya yadroviy dasturini hal qilishning iloji bo‘lishi-bo‘lmasligini bilmasligini ta'kidlab o‘tgan.

“Balki barchasi o‘ngidan kelar. Balki, yo‘q. Vaqt ko‘rsatadi. Biroq men hozir qilayotgan ishim ancha oldin qilinishi kerak edi”, deb ta'kidlab o‘tgan Tramp.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid