Jahon | 17:00 / 22.04.2018
16853
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston jahon fuqarolik indeksi ro‘yxatida 117-o‘rinni egalladi

2017 yil yakunlariga ko‘ra, eng qimmatli fuqarolikka ega mamlakatlar ro‘yxatida birinchi o‘rinni 81,7 foiz natija bilan Fransiya egallagan. O‘zbekiston ushbu ro‘yxatda 27,2 foiz natija bilan 117-o‘rinda turibdi, deb yozadi henleyglobal.com.

Tadqiqotchilar 209 mamlakat fuqaroligiga iqtisodiyot miqyosi, inson salohiyati yuksalishi, jamoat tartibi va barqarorlik, vizasiz yashash va ishlash kabi ko‘rsatkichlar asosida baho berishgan.

O‘zbekiston 27,2 foiz natija bilan 117-o‘rinni egallagan va aksariyat sobiq ittifoq davlatlari qatori o‘rta toifadan o‘rin olgan.

Frantsuz pasportining qimmati 81,7 foizni tashkil etdi. Avvalgi yillardagi reyting yetakchisi Germaniya 81,6 foiz baho oldi va ikkinchi o‘ringa tushdi. Birinchi o‘nlikka shuningdek, Islandiya, Daniya, Niderlandiya, Norvegiya, Shvetsiya, Finlyandiya, Italiya, Irlandiya, Shveytsariya va Avstriya kabi davlatlar kirgan.

Fuqaroligi eng past davlatlar Afg‘oniston (14,6 foiz) va Somali (13,4 foiz) bo‘ldi.

Gurjiston va Ukraina bir yil ichida fuqarolik qimmati eng ko‘p o‘sgan davlatlar bo‘lishdi. Ular reytingda mos ravishda 20 va 19 o‘rin yuqorilashdi. Asosiy sabab — bu ikki davlatning Shengen zonasi mamlakatlariga vizasiz rejimga erishganligidir.

«Boshqa mamlakatlar bilan ziddiyati tufayli Rossiya (63-o‘rin, 40,5 foiz) kelgusi yil reytingida o‘z o‘rnini yanada yaxshilashiga umid yo‘q, — deyishmoqda tadqiqot mualliflari. — Yaqin yillarda jahondagi biror yetakchi davlat rossiyaliklarga hattoki qisqa tashrif uchun ham vizasiz rejim taqdim etmaydi, tekin viza va ishlash uchun avtomatik ruxsatnomalar haqida gapirmay ham qo‘yaqolish kerak. Bunday istiqbollarning yo‘qligi Rossiyani sobiq sovet respublikalaridan salbiy jihatdan farqlab turibdi».

Foto: Kun.uz
Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid