Jahon | 20:34 / 23.04.2018
2950
1 daqiqa o‘qiladi

Eron banklariga kriptovalyutadan foydalanish taqiqlab qo‘yildi

Foto: Reuters /Dado Ruvic

Eron markaziy banki mamlakatning kredit tashkilotlariga raqamli valyutalardan foydalanishni taqiqlab qo‘ydi. 

“Mamlakatdagi barcha pul markazlari va moliya tashkilotlarida bitkoin va boshqa raqamli valyutani qo‘llash taqiqlanadi”, deb ma'lum qilgan Eron markaziy banki.

Markaziy bankda ta'kidlanishicha, banklarning kriptovalyutadan foydalanishini taqiqlash qarori 2017 yil oxirida qabul qilingan.

Bu taqiqlov kriptovalyuta pul yuvish va terrorchilikni moliyaviy ta'minlash uchun qo‘llanishi mumkinligi bilan bog‘langan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid