Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nikaraguada namoyishlar: Vaziyat keskinlashdi, 20 kishi halok bo‘ldi
Nikaraguada mamlakat prezidenti Daniel Orteganing ijtimoiy sohadagi islohotiga javoban ommaviy namoyishlar boshlanib ketdi.
AFP xabariga ko‘ra, ayni vaqtga kelib politsiya bilan to‘qnashuvlar vaqtida kamida 20 kishi halok bo‘ldi.
Qurbonlar haqidagi ma'lumotni vitse-prezident Rosario Murilo ham tasdiqlagan va hukumat muloqot uchun hamisha tayyorligini ta'kidlagan.
Norozilik namoyishlari o‘tgan haftaning chorshanba kunida boshlangandi, hafta oxiriga kelib vaziyat keskinlashdi va politsiya bilan to‘qnashuvlar boshlandi. Asosiy tartibsizliklar poytaxt Managua shahrida bo‘lib o‘tmoqda.
Qayd etilishicha, noroziliklarga ijtimoiy ta'minot borasidagi islohot tufayli soliq to‘lovchilar gardaniga katta yuk tushgani sabab bo‘lgan. Qo‘shimcha yig‘imlar qarori mamlakatdagi moliyaviy inqiroz fonida qabul qilingandi.
Ayni vaqtda mamlakatdagi 4ta kanalga Nikaragua hukumati namoyishlarni yoritishni taqiqlab qo‘ygan.
Mavzuga oid
08:39 / 30.06.2026
Polsha razvedkasi: Rossiya mablag‘iga namoyishlar tashkil etgan guruh fosh etildi
14:13 / 02.03.2026
Pokistonda AQSh va Isroilga qarshi namoyishlar: 23 kishi halok bo‘ldi
17:47 / 22.02.2026
Eronda talabalar hukumatga qarshi yangi namoyishlar uyushtirdi
11:52 / 18.02.2026