Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Paragvayda hukmron partiya vakili prezidentga aylandi
"Kolorado" hukmron o‘ng partiyasidan nomzod Mario Abdo Benites Paragvayning yangi prezidentiga aylandi. Bu haqda mamlakat oliy saylov sudi rahbari Xayme Bestar xabar qilgan.
"Janob Mario Abdo Benites respublika prezidentiga aylanadi", - deya Bestarning bayonotini keltiradi ABC portali. Uning ta'kidlashicha, bunday natijalar aniq. Abdo byulletenlarning 96,6 foizi qayta ishlangach, qariyb 46,6 foiz ovoz to‘plagani ma'lum bo‘ldi.
Abdo – Paragvayning so‘nggi diktatori, bu mamlakatni 1954-1989 yillarda boshqargan Alfredo Stessner kotibining o‘g‘li. Yangi prezident 2018 yilning avgustida lavozimiga kirishadi. Abdo 2015-2016 yillarda Paragvay senati rahbari sifatida ham ishlagan.
Mavzuga oid
10:02 / 30.06.2026
Germaniya jahon chempionatini tark etdi
09:45 / 17.06.2026
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
10:33 / 27.02.2026
Laziz Qudratov Paragvay prezidenti bilan muzokara o‘tkazdi
09:23 / 12.12.2025