Germaniya – Paragvay 1:1
Gollar: Ensiso, 42 (0:1). Havers, 54 (1:1)
Penaltilar seriyasi: Havers – (0:0)(darvozabon). Maurisiu – (0:1). Kimmih – (1:1). Gomes – (1:2). Musiala – (2:2). Galarsa – (2:3). Voltemade – (2:3)(darvozabon). Sanabriya – (2:3)(xato). Amiri – (3:3). Balbuena – (3:3)(darvozabon). Ta – (3:3)(xato). Kanale – (3:4)
Germaniya: Noyyer, Ryudiger (Tiau, 110), Ta, Braun, Kimmih, Pavloviç (Anton, 79), Nmeça (Goretska, 46), Virs (Amiri, 110), Sane (Voltemade, 88), Havers, Undav (Musiala, 63)
Paragvay: Hil, Kanale, Gomes, Alonso (Balbuena, 120+2), Kaseres (Oxeda, 99), Kubas, Bobadilya (Sanabriya, 99), Galarsa, Almiron (Velaskes, 91), Ensiso (Maurisiu, 57), Avalos (Kabalero, 55)
Ogohlantirişlar: Havers, 106. Musiala, 115 – Kubas, 65. Galarsa, 117

Jahon çempionati pley-off bosqiçidagi ilk sensatsiya röy berdi. Germaniya milliy jamoasi Paragvay bilan öyinda yutqazib qöydi va muddatidan oldin uyga qaytadigan böldi.

Yulian Nagelsman Deniz Undavni boşlanğiç tarkibga kiritiş orqali syurpriz taqdim etdi. «Ştutgart» hujumçisi guruh bosqiçida uçta öyinda ham zaxiradan tuşirilgan, lekin jamoaning eng yaxşi töpurari bölib turgandi. Ammo 1/16 final öyinida nemislar hujumda Undav – Kay Havers tandemi bilan harakatlandi, Jamol Musiala esa zaxira örindiğida qoldirildi. 

Guruh bosqiçida Kyurasao va Kot-d`Ivuar bilan öyinlarda 3 gol va 2 golli uzatma muallifi bölgan Deniz bu öyinning 6-daqiqasidayoq hisobni oçişi mumkin edi. Ammo uning bu safargi zarbasi xato ketdi va bu Germaniyaning birinçi bölimdagi yagona vaziyati bölib qoldi. Paragvay boş murabbiyi Gustavo Alfaro kutilganidek «avtobus» qöydi, janubiy amerikaliklar töpni raqibga topşirib, 11 kişi bölib himoyalanişdi va nemislarni öz jarima maydoniga kiritişmadi.

41-daqiqada esa paragvayliklarning kam sonli hujumlaridan biri gol bilan yakunlandi. Jamoa burçak zarbasini ijro etganida Noyyer töpni muşt bilan uzoqlaştirdi va nemislar qarşi hujumga ötib ketişi mumkin edi, ammo Bobadilya töpni olib qöydi va öz jamoasining tezkor qarşi hujumini boşlab berdi, bu hujumni Ensiso boşda urilgan gol bilan yakunladi.

Şusiz ham gol urişga qiynalib turgan Germaniyaning vazifasi yanada oğirlaşdi, endi bir emas, ikki gol uriş talab etilardi. Bu vaqtda esa tajribali futbolçilar ham qöpol xatolarga yöl qöyayotgandi – Kimmihning xatosidan keyin Noyyer özini körsatmaganida, Paragvay muddatidan oldin 1/8 final yöllanmasini hal qilişi mumkin edi. Bundestim esa bu vaqtga kelib biror marta darvoza sohasiga töğri borgan zarba yöllamagandi.